Osma konstruktsiyalar
Osma konstruktsiyalar — asosiy yuk ko’taruvchi qismlari qayishqoq materiallar (arqonlar, kabellar, troslar, zanjirlar, membrana va boshqalar) dan iborat bo’lgan osma tizimlar. Asosiy turlari — osma ko’priklar, bino va inshootlar- ning ba’zi katta qulochli yopmalari, kanat yo’llar, osma quvurlar va boshqalar. Qurilish mexanikasida, ko’priksozlikda, jarlar ustidan yo’llar o’tkazishda, tog’li joylarda keng qo’llaniladi.