Ota Jalol Nosirov
Ota Jalol Nosirov (1845, Buxoro — 1928, Samarqand) — Hofiz, sozanda, bastakor. Dastlabki musiqa saboqlarini onasidan olgan, keyinchalik tillaboy hofizdan sozandalik hamda maqom ijrochilik sirlarini o’rgangan. 1862 yildan Buxoro amirlari (Muzaffarxon, Abdulahadxon, Olimxon) saroylarida xonanda va sozanda bo’lib xizmat qilgan. 1920-27 yillar Buxorodagi Sharq musiqa maktabida, 1928 yili Samarkand musiqa va xoreofafiya institutida o’zbek va tojik xalqlari mumtoz musika merosidan dars bergan. Shashmaqom yo’llarini mukammal biluvchi maqomdon ustoz, murakkab usullar ustasi sifatida tan olingan. Xususan mushkilot qismlarini tartibga solgan, ayrim makom sho’balarini kengaytirgan, Segoh maqomiga savtlar bastalagan (Savti jaloliy). Uning ijro uslubi maqom yo’llari usulining ravonligi, talaffuzining burroligi va ovozining katta ta’sir kuchiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. 1923 yil Ota Jalol ijrosida V. Uspenskiy Buxoro Shashmaqomining ashula va cholg’u yo’llarini tarixda ilk bor notaga yozib olib, 1924 yilda nashr ettirgan. Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz, Levina Hofiz Boboxonov, B. Fayzullayev va boshqalar Ota Jalol shogirdlaridir.