O’TA XAVFLI MANBA

O’TA XAVFLI MANBA (huquqda) — muayyan ob’yektlar (transport vositalari, kuchli ta’sir qiluvchi zaharlar, atom energiyasi, portlovchi moddalar, yuqori kuchlanishli elektr toki va hokazolar)ni ishlatish va ulardan foydalanish bilan bog’liq faoliyat. O’ta xavfli manbaning alohida xususiyatlari atrofdagilarga ortiq darajada zarar yetkazish ehtimolini vujudga keltiradi. O’ta xavfli manba orqali etkazilgan zarar sababchining aybidan qat’i nazar qoplanishi kerak.