Otaliqarna kanali haqida eshitganmisiz?

Otaliqarna kanali haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastida va Qoraqalpog’iston ASSRning Amudaryo rayonida. Toponim hozirgi davrda Mang’it Arna nomi bilan mashhurdir (Mang’it – urug’ nomi, Arna – kanal, daryodan suv oladigan katta ariq). Ya.G’ulomov “Qarna Xiva xonligining bir otalig’i tomonidan qazilganligi uchun Otaliq qarna deb atalgan” deydi. Otaliq ijtimoiy termin bo’lib, Oktabr revolyutsigacha Xorazmda xonlikning eng katta mansablaridan birini ifodalagan. Buxoroda “Ota o’rnini bosadigan kishi”, amirlikdagi eng katta mansab. Otaliq termini Kavkazda ham qo’llaniladi. Otaliq – bolani (chaqaloqni) o’z tarbiyasiga olgan kishi, tarbiyachidir. Xorazm toponomiyasida bu so’z bilan yasalgan toponimlar ko’plab uchraydi. Murodotaliq, Do’stmonotaliq, Eshniyozotaliq, Yusupotaliq, Madaminotaliq, Tangriotaliq va boshqalar.

Добавить комментарий