Otaxonov Ergash Isaboyevich

Otaxonov Ergash Isaboyevich (1914.11.9, Namangan — 1967.18.11, Toshkent) — terapevt olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1960), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964). Tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1947). Toshti ni tugatgach (1936), Harbiy-dengiz flotida xizmat qilgan (1937-39). Toshti gospital terapiya kafedrasida aspirant, assistent, dotsent, mudir (1939-49), O’zbekiston gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot institutining direktori (1942-44), ToshTIda ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (1949-51), pediatriya va sanitariya-gigiena fakultetlari ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri (1951 — 1967). Ilmiy ishlari o’lka patologiyasi, ovqat hazm qilish a’zolari va qon kasalliklariga oid. Namangan tibbiyot bilim yurtiga Otaxonov nomi berilgan. As: Xronicheskie zabolevaniya kishechnika, T., 1965; serdechno-sosudistie zabolevaniya i IX preduprejdeniya, T., 1970.