Otbosh tumanligi
Otbosh tumanligi — Orion yulduz turkumi yaqinida ot kallasi shaklida ko’rinadigan tumanlik. Otbosh tumanligi, asosan, changdan iborat (chang zarralarining o’lchami =1 MK, o’rtacha zichligi =10~22 -10~24 g/sm3). Bu tumanlik yerdagi kuzatuvchiga nisbatan o’zidan narida joylashgan yulduzlarning nurini to’sib qolgani uchun yulduzlar orasida otning boshi shaklida kuzatiladi. Galaktikamizda Otbosh tumanligi singari tumanliklar ko’p.