Ovdan, obdon
Ovdan, obdon (tojikcha — suvdon) — yer osti va yomg’ir suvlarini bir joyga yig’ish uchun shaharlarda quriladigan inshoot. O’rta Osiyodagi sardobalarning bir turi. Asosan, o’rta asrda Ozarbayjonda keng tarqalgan. Odatda, me’morlik majmuasining, bog’ yoki parklarning bir qismi sanaladi. Shakli va hajmi muayyan joyning tuzilishi, geologik sharoiti va relefiga qarab turli xil bo’lgan. Ovdan suvidan shahar aholisi turli maqsadlarda foydalangan. Ko’pincha suv ombori, hovuz ham Ovdan deb yuritiladi.