Ovoskop
Ovoskop (lotincha ovum — tuxum va Yunoncha skopeo — qarayman) — tuxumning sifati tekshiriladigan asbob. U ichiga elektr lampochka o’rnatilgan, tuxum shaklidagi teshikli g’ilofdan iborat. Tuxum shu teshikka o’rnatilib tekshiriladi. Novlarga qator terib qo’yilgan tuxumlarni tekshirish uchun yorituvchi blokli Ovoskop-stoldan foydalaniladi. Yangi, sog’lom tuxum sarig’i uning markazida joylashgan bo’ladi. Inkubatorda ochiltiriladigan tuxumlarni tanlashda, ularni biologik jixatdan nazorat qilishda ham Ovoskopdan foydalaniladi.