Ovoz operatori

Ovoz operatori — kinoda filmni suratga oluvchi ijodiy jamoa a’zosi. Stsenariy muallifi va rejissyorning umumiy g’oyasiga muvofiq filmni ovozlashtiradi. Film ovozi bezagining badiiy va texnik sifatiga javob beradi. Ovozlar izohini tayyorlaydi, aktyorlar ovozini sinash uchun yozib oladi. Fonoteka materiallarini tanlaydi, sinxron ovoz yozish, musiqa va shovqinlarni yozish kabi ishlarni amalga oshiradi. Radioeshittirish, televidenie va ovoz yozib olish studiyalarida Ovoz operatori magnit fonogrammalarini yozib oladi va eshittiradi. Ovoz rejissyori rahbarligida yozib olingan fonogrammalarni montaj qiladi, ulardan nusxa oladi va eski fonogrammalarni ta’mirlaydi.