Ovxona

Ovxona — Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi soy. Zirabuloq — Ziyovuddin tog’larining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 30 kilometr, havzasining maydoni 24,3 km2. O’rtacha yillik suv sarfi 0,28 m3/sek., oqim moduli 11,5 l/sek, km2. Suvining asosiy qismi qishning 2-yarmida va erta bahorda o’tadi. Soydan 4-5 yilda kuchli sel keladi.