Oy yili

Oy yili — oy kalendarida asosiy birlik vazifasini o’taydigan va sinodik oyga tayangan vakt oraligi. Oy yilida 12 sinodik oy bir yilni tashkil etadi. Sinodik oy 29,5306 sutka, ya’ni 29 kun 12 soat 44 minut 3 sekund bo’lgani uchun bir Oy yili 354,36702 kunga teng. Shu bois, oddiy Oy yili 354 kundan qilib olinadi. Biroq 354 kundan ortgan qoldiq (0,36702) uch yilda yana bir sutkadan ortgani tufayli, o’rtacha uch yilda bir marta Oy yili uzunligi 355 kun qilib olinadi va u kabisa yili deyiladi.