Oyatulloh
Oyatulloh (Arabcha — Alloh mo’jizasi) — shialikda mustaqil fatvo berish huquqiga ega bo’lgan din olim (mujtahid)larining unvoni. Oyatulloh istilohi shu ma’noda 19-asrning 2-yarmida ishlatila boshlagan. 20-asr 40-yillaridan esa keng qo’llanilmoqda. Oyatullohlar dindorlar orasida katta obro’ga, shialik tarqalgan davlatlarda (Eron, Iroq) siyosiy ta’sirga ham ega. Oyatulloh unvoni yuzlab ulamolarda bor. Ulardan bir nechasi «Oyatullohi uzmo» («Buyuk Oyatulloh»), eng yuksak obro’ga ega bo’lgan bittasi «marjai taqlid» («taqlid qilinadigan inson») deb ataladi va u barcha shialarning oliy rahnamosi deb taniladi.