Oyboldoq

Oyboldoq — isirg’a turi; oy shaklida bezaksiz qo’lda (dastaki) yasaladi yoki quyma bo’ladi. Zargarlar oltin, kumush, misdan turli shaklda ko’zsiz qilib tayyorlaydi; ba’zan oy o’rog’i usti (o’rtasi)ga metall sharcha xam ishlanadi: oy oltin yoki misdan bo’lganda, sharcha kumushdan, oy kumushdan bo’lganda sharcha tilla bilan hallangan. Andijonda zulukzira deb ataladi.