Oygaying ruda maydoni
Oygaying ruda maydoni — Oygaying daryosining o’rta oqimida joylashgan rudali maydon. 1936 yilda topilgan. 1942-43 yillarda volfram va nodir metallar qazib olingan. Oygaying ruda maydonining maksimal zaxiralarini aniqlash maqsadida 40-yillar 2-yarmida qidiruv-razvedka ishlari olib borilgan. Oygaying ruda maydoni granit massivi va paleozoy davriga mansub metamorfik jinslardan tashkil topgan. Maydonda granit massivi bilan genetik bog’langan pegmatit, greyzen, skarn, apogranitlar (albit va greyzenlashgan granit) va apokarbonatlar (slyuda va flyuoritlashgan oxaktosh) mavjud. Ular tarkibida volfram, qalay, ftor, mis, molibden, rux va boshqalar. Nodir elementlarning minerallari uchraydi. Bu minerallardan nodir metallarning xom ashyosi sifatida foydalaniladi.