O’YIQGUMBAZ MAQBARASI

O’YIQGUMBAZ MAQBARASI — Termiz tumanidagi me’moriy yodgorlik (11-12-asrlar). Maqbara murabba tarhli, peshtoq gumbazli, xona (7,7×7,5 metr) hamda ayvondan iborat. 25x26x5— 5,5 santimetrli xom g’ishtdan bunyod etilgan. Bosh tarzidagi chuqur ravoqli peshtoq qanosiga 5 ta mayda yassi ravoqchalar ishlangan. Gumbaz to’rtburchak devorlar ustidagi 8 qirrali poygumbazga o’rnatilgan. Ichki devorlar psimon shakllarga bo’linib, ularga ichiga ravoqchalar joylashgan baland yassi ravoqlar ishlangan. Binoning ichki va tashqi devorlari suvalgan. Maqbara gumbazi qulab tushgan va binoga tutash ayvon vayron bo’lgan.