Oynavand o’yma
Oynavand o’yma — ganch o’ymakorligida bezak turi. Bezatiladigan yuzaga mustahkamlangan ko’zgu (toshoyna) ustiga ganch qorishmasi qo’yib va suvab, so’ng o’yma usulida oynavand zaminli bezak hosil qilinadi. Oynavand o’yma usulida bezalgan xonadagi ko’zgu (toshoyna)da tashqaridagi manzara va atrofdagi mayin o’yma ganch naqshlar aksi tovlanib, yanada jozibador, o’ziga xos ko’rinish hosil qiladi. Ganch o’ymakorligining bu turi 19-asrda vujudga kelgan. Buxorolik Usta Shirin Murodovning ilk ishlaridan biri Buxoro yaqinidagi Sitorai Mohi L’saning «oq zali» ana shu usulda ziynatlangan (1912). Ganch o’ymakorligida Oynavand o’yma keng qo’llaniladi.