Oyoqog’itma ko’li

Oyoqog’itma ko’li — Buxoro viloyati shimoldagi Oyoqog’itma qishlog’i yaqinidagi ko’l. Oyoq-Og’itma botig’ida. Oyoqog’itma ko’liga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonlaridan chiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil bo’lgan Sho’rko’l kollektori quyiladi. Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km2 gacha ortadi, shu vaqtda chuqurligi 10 metrdan ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kichrayadi. Suvi sho’r. Baliqlarning sazan, do’ngpeshona, laqqa kabi turlari uchraydi. Oyoqog’itma atrofi qamishzor, botqoqlik, qushlarga boy.