O`zan
O`zan — daryo vodiysining eng past, suv saytish davrida ham oqim bo`ladigan qismi. Katta daryolar o`zanining eni yuzlab metrdan bir necha km gacha yetishi mumkin. Tog`larda o`zan ko`pincha to`g`ri, qirg`oqlari tik bo`ladi, tekisliklarda esa ilon izi, ayrim joylari sayoz bo`lib, suvning yuvishi, cho`kindilar yotqizishi natijasida shakli o`zgarib turadi. Qorg`oqchil o`lkalarda yilning ko`p qismida qurib yotadigan o`zanlar ham bo`ladi.