O’ZBEK DIVIZIYALARI

O’ZBEK DIVIZIYALARI — 2-jahon urushi davrida O’zbekistonda tuzilgan milliy harbiy qo’shilmalar. Davlat mudofaa qo’mitasi 1941 yil 16 iyulda «Mudofaa xalq komissarligi va harbiy-dengiz floti tizimida zahiralar tayyorlash to’g’risida» qaror qabul qilgan. Shunga binoan, O’zbekiston KP (b) MK ning 5 plenumida milliy o’zbek harbiy qo’shilmalarini tuzish haqidagi masala maxsus ko’rib chiqilgan va tegishli tadbirlar belgilangan. 1941 yil oxiri — 1942 yil martigacha bir necha o’qchi va otliq askarlar diviziyalari tashkil etilgan. Bu diviziyalar uchun qisqa muddat ichida komandirlar, siyosiy xodimlar, medisina xodimlari, mexaniklar, sapyorlar va boshqalar to’plangan. O’zbek Divizayalari, asosan, front uchun belgilangan ishlab chiqarish rejasidan oshiqcha tayyorlanayotgan qurolyarog’va asbobanjomlar bilan ta’minlangan. Kiyim-kechaklarni korxonalar, kolxozlar, turli artellar tayyorlab bergan. Yangidan tuzilgan O’zbek Divizayalari Mudofaa xalq komissarligi ixtiyoriga o’tkazilgan. O’zbek Divizayalari turli frontlarda jasorat ko’rsatgan.