O’ZBEK LIBOSLARI GALEREYASI

O’ZBEK LIBOSLARI GALEREYASI — milliy liboslar namoyish etiladigan uy. Kiyimlarni modellash va loyihalash, ularni milliy mato koloritida namoyish qilish, milliy kiyimlarni targ’ib qilish, Yangilarini o’ylab topish, modalar ko’rsatuvini tashkil qilish, xalqaro uch-rashuatar (aloqalar) ni, milliy libos san’atini rivojlantirish, kontraktlar tuzish bilan shugullanadi. Toshkentning eski jo’va maydonida 2005 yilda qurildi (me’mori Yu.Miroshnichenko). «Modern» uslubida qurilgan bino (86,0×36,0, yon tomonlari 24,0×30,0 metr, Markaziy qismi 36,0×36,0) baland moviy gumbaz bilan yopilib, ichki va tashqi tomonlari me’moriy-badiiy jihatdan qadimgi va zamonaviy me’morchilik an’analari asosida bezatilgan. Bino balandligi 25,90 metr, 4 qavatli [pastki (yer ostidagi) qavatni hisobga olganda], 1-qavatda Vesti-Byul, modalar galereyasi, atele, savdo joyi, kafe-bar va boshqalar, 2-qavatda kiyimlar namoyish zali, kollektsiyalar joyi, matolar va tayyor kiyimlar do’koni va boshqalar, 3-qavatda tomosha maydoni, bufet, xizmatchilar va texnik xodimlar joylashgan. O’ziga xos me’moriy yechimga ega bo’lgan baland peshtoqli kirish qismi orqali serhasham ko’rgazmalar zaliga o’tiladi. Liboslar tayyorlaydigan ustaxonalar, savdo shahobchalari, umumovqatlanish korxonasi ham binoning qavatlariga joylashtirilgan. Ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi va naqqoshlik namunalari bilan bezatilgan bino loyihasi Toshkent bosh reja loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Binoni bezatishda xalq ustalaridan M.Sultonov. X. Odilov, A.Karimov, A.Abdullaevlar shogirdlari bilan qatnashdilar. To’lqinoy Qodirova, Rahmatilla Solihov.