O’zbekiston

O’zbekiston, O’zbekiston Respublikasi — O’rta Osiyoning Markaziy qismidagi davlat.

«O’zbekiston» — o’rtacha kechpishar vinobop uzum navi. Tagobi navini Tagobi duragayi bilan chatishtirib chiqarilgan (P.V. Mixaylova, A.M. Negrul, E.P.Skuin). Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli o’sadi, bargi o’rtacha, besh bo’lmali, o’rtacha kertikli, to’rsimon burishgan, orqa tomoni tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi o’rtacha, konussimon, tsilindrsimon, o’rtacha zichlikda. G’ujumi o’rtacha, dumaloq, qora. Toshkent atroflarida hosili faol harorat yig’indisi 2900° da 149 kunda, avgust oxirida pishib yetiladi. Hosildorligi 140-280 tsentner/gektar. Oidiumga chidamli. Haroratlar o’zgarishlariga moslashgan. Sovuqqa chidamli.