O’ZBEKISTON MILLIY ENTSIKLOPEDIYASI

O’ZBEKISTON MILLIY ENTSIKLOPEDIYASI (O’zME) O’zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy entsiklopediyasi. Toshkentda «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etiladi. 1996 yil 4 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O’zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to’g’risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal entsiklopediyaning soha so’zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20 martda «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to’g’risida»gi 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shartsharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O’zMEning ilmiynazariy va g’oyaviy-siyosiy yo’nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O’zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalardan foydalanildi (O’zME maqsadi va vazifalari uning 1 jildi muqaddimasida bayon qilingan). O’zMEning umumiy hajmi 1600 nashriyothisob tabog’ini tashkil etib, qariyb 50 ming maqolani o’z ichiga oladi. O’zMEda tasdiqlangan yo’nalish (kontseptsiya)ga ko’ra, entsiklopediyada O’zbekiston Respublikasi haqida materiallar bilan birgalikda umumbashariy ma’lumotlar ham beriladi; ijtimoiy (60%) va tabiiy (40%) fanlar mutanosibligi saqlanadi. Hamma universal entsiklopediyalarda bo’lgani kabi, unga barcha zamonlar va xalkqlarga mansub mashhur shaxslar, kashfiyotchilar, sayyohlar, fan, texnika, adabiyot va san’at namoyandalari, taniqli davlat va siyosat arboblari to’g’risida maqolalar kirgan (bu borada tegishli mezon ishlab chiqilgan). O’zMEning asosiy ilmiy tayanchi — Bosh tahrir hay’atidir. Uning ro’yxati yuqoridagi so’nggi qaror bilan tasdiqlangan. Bundan tashqari, fan sohalari bo’yicha 160 dan ziyod kishini birlashtirgan 23 ta ilmiy maslahat kengashi ham tuzilgan. Ularning ro’yxati VIII bir jild sarvarag’i va uning orqasida berib boriladi. O’zm»)ning 1 jildi 2000 yilda nashrdan chiqdi. Mazkur jild O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi o’quvchilariga» yo’llagan tabrigi bilan boshlangan. Entsiklopediyaning umumalifbo harfidagi so’nggi 11 jildining nashri 2005 yilda yakunlanadi. Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasiga bag’ishlangan maxsus jildi (12 jild) ham nashr etiladi. O’zMEning har bir jildida 125— 130 nashriyothisob tabog’ida material beriladi; 800-1200 atrofida bezaklar: rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o’rin oladi; 800 dan ziyod mualliflar, taqrizchilar qatnashadi.