O'ZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI

O’ZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI

O’ZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI — ko’ngilli, insonparvarlik tashkiloti; jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, o’zini o’zi boshqaradi. 1925 yil tashkil etilgan. O’sha paytda sobiq SSSRning qizil Xoch va qizil yarim oy jamiyatlari uyushmasi tarkibiga kirgan. 1992 yildan mustaqil Milliy jamiyat maqomida O’zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati Xalqaro qizil Xoch qo’mitasi tomonidan e’tirof etilgach (1995), xalqaro Qizil Xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasiga a’zolikka qabul qilindi va xalqaro qizil Xoch va qizil yarim oy harakatinish faol ishtirokchisiga aylandi. Bu jamiyat davlat va uning organlariga ijtimoiy muammolarni hal etishda ko’maklashadi, yordamga muhtoj fuqarolarga nisbatan, ularning irqi, millati, jinsi, diniy va siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar, tinchlik o’rnatishga qaratilgan, mehrshafqat, insonparvarlik missiyasini bajaradi. Hozirgi vaqtda Bu jamiyatning 15 ta mintaqaviy, 206 ta tuman (shahar) va 1500 dan ortiq boshlang’ich tashkiloti, 200 mingdan ortiq faol a’zosi va 40 mingdan ortiq volontyor (ko’ngilli)lari bor. Qurultoy (yuqori organ), Milliy kengash va uning Rayosati jamiyatning kollegial organi hisoblanadi. O’zbekiston qizil yarim Oy jamiyatining faxriy prezidenti etib O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov saylangan (1992). Jamiyat har yili yuz minglab kishilarga insonparvarlik yordami ko’rsatadi. Jamiyatda «Mehr-shafqat» xizmati tashkil qilingan, unda 37 ta tibbiy-ijtimoiy markazlar faoliyat ko’rsatadi va 360 nafar mehr-shafqat hamshirasi ishlaydi. Yolg’iz keksalar, nogironlar, surunkali bemorlar, ko’p bolali kam ta’minlangan oilalar O’zbekiston Qizil yarim Oy jamiyatining doimiy panohida turadi. Favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish va munosabat bildirish bo’yicha 6 ta mintaqaviy markaz tashkil etilgan, 986 ta ko’ngilli sanitar drujina jalb qilingan, ularda 23 mingdan ortiq volontyor bor. Bu ko’ngillilar tabiiy va texnogen xarakterdagi ofatlarga tezkorlik bilan munosabat bildiradi. O’zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor beradi, 26 ta yoshlar markazi va 35 ta yoshlar klubi tuzilgan. Ularda 2 ming nafardan ortiq volontyorlar guruhi shakllangan. Jamiyatda respublika «insoniylik» o’quvmetodik markazi bo’lib, bu yerda jamiyat xodimlari, a’zolari va ko’ngillilari o’qitiladi. Jamiyatning mehrshafqat kolleji tashkil etilgan. Kollej tibbiyot hamshiralarini, bolalarg’shng maktabgacha maxsus muassasasi tarbiyalovchilarini tayyorlaydi. Kollejda 850 talaba o’qiydi, ularning barchasi jamiyat ko’ngillilari bo’lib, insonparvarlik va ma’rifiy tadbirlarida qatnashadi. O’zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati raisi O’.T.Vohidova (1992 yildan) Milliy jamiyat rivojiga qo’shgan hissasi va xalqaro qizil Xoch va qizil yarim oy harakatidagi alohida xizmatlari uchun shu harakatning nufuzli nishonlaridan biri — Ispaniya Qizil xochining oltin medali bilan taqdirlangan. Mixail Kremkov.

Shuningdek o’qing: «O’ZBEKISTON SHAMPANI» AKTSIYADORLIK JAMIYATI