O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI — O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari. Ular bilan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun taqdirlanishlari mumkin. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi uchun xizmat ko’rsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ham, ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bo’linmalar, O’zbekiston Respublikasi ma’muriyhududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin. «Davlat mukofotlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining qonuni (1995 yil 22 dekabr)ga ko’ra, orden va medallar Oliy Majlis tomonidan ta’sis etiladi, orden va medallar bilan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti takqdirlaydi. Orden, medal bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va orden, .medalni topshirish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Orden, medallar bilan taqdirlash to’g’risidagi farmonlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Bir shaxs ayni bir orden, medal bilan, qoida tariqasida, bir marta taqdirlanadi. Orden, medallar bilan taqdirlash shaxsning vafotidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin kamida 3 yil o’tgach taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda avval taqdirlangan vaqtidan qat’i nazar taqdim etilishlari mumkin. Har bir orden va medal O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan o’z Nizom va tavsifiga ega. Orden va medallar, orden va medallarga oid tegishli hujjat tantanali vaziyatda topshiriladi. Orden va medal bilan mukofotlangan shaxslar bir yo’la to’lanadigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden, medal bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, medal, mukofotlash to’g’risidagi hujjat va bir yo’la to’lanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi. O’zbekiston Respublikasi orden va medallari, odatda, umumdavlat bayramlari hamda boshqa bayramlar va tantanali majlislar vaqtida taqib yuriladi. Boshqa hollarda esa nishondorlar O’zbekiston Respublikasining yo orden, medallarini, yoxud ularning plankalardagi lentalarini taqib yurishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi orden va medallarini, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yurish qoidalari hamda orden va medallar lentalarining tavsifi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 6 apreldagi 1095-son farmoniga ilovada bayon qilingan. O’zbekiston Respublikasi orden va medallaridan shaxs og’ir jinoyat sodir etgani uchun hukm qilinganida — sudning taqdimnomasiga binoan; shaxs o’z sha’nini badnom etuvchi xattiharakatlar sodir etganida — taqdirlash to’g’risida taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo’lgan organning taqdimnomasiga binoan mahrum etiladi. O’zbekiston Respublikasining ordenlari: «Mustaqillik» ordeni — O’zbekiston Resggublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan O’zbekiston xalq yozuvchisi marxum Abdulla Qodiriy (Julqunboy) (1994 yil), O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgust qarori bilan), marhum shoir Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon (1999 yil 24 avgust) mukofotlangan. Amir Temur ordeni — O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apr.el Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan Samarqand va Shahrisabz shaharlari (1996 yil 28 avgust), O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dekabr qarori bilan), Andijon viloyati (2003 yil 22 avgust), shaxmat bo’yicha jahon Birinchiligining g’olibi Rustam Qosimjonov (2004 yil 14 iyun) mukofotlangan. Jaloliddin Manguberdi ordeni — O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 30 avgust Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan Xorazm viloyati (2003 yil 22 avgust), O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1 o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari birlashgan shtabining boshlig’i Ismoil Ergashev, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o’rinbosari, Janubi- G’arbiy maxsus harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni Alisher Jumamurotovich Sobirov, O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati xodimi Muyidjon Vahhobovich Tohiriy mukofotlangan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni — O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgust Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirishga qara tilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qo’shganligi uchun taqdirlanadilar. Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) qumushdan tayyorlanadi va 8 qirrali musamman ko’rinishida bo’lib, uning qirralari yoqut rangda tayyorlangan. Ordenning qalinligi 8 millimetr, og’irligi 65 gramm. «El-yurt hurmati» ordeni — O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgust Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo’shgan, o’z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi BP jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin. Orden 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va u 2 yoqlama nurlar taraluvchi 8 qirrali yulduz shaklida bo’ladi. «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni — O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgust Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta’minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo’shgan, o’zining iste’dodi, bilim va tajribasini Vatan ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini ko’rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi hamda 8 qirrali yoqut rangli yulduz shaklida bo’ladi. «Mehnat shuhrati» ordeni — O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgust Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari O’zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saklanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Orden markaz qismidan nurlar taralib turgan yashil dafna novdalari bilan o’ralgan bo’rtma noto’tri ellips shaklidadir. I va II darajali «Sog’lom avlod uchun» ordeni — O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 may Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog’lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta’minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin. I darajali orden yuqori darajali hisoblanadi. Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali, oradan kamida 3 yil o’tgandan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi. I darajali «Sog’lom avlod uchun» ordeni oltin suvi yugurtirilgan 925 probali qumushdan tayyorlanib, 34 millimetr diametrdagi to’g’ri doira shakliga ega. II darajali «Sog’lom avlod uchun» ordeni 925 probali kumushdan tayyorlanadi. I va II darajali «Shonsharaf» ordeni — O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgust Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda fidoyilik va mardlik uchun, O’zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta’minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. «Shon-sharaf» ordeni 2 darajadan iborat: I darajali «Shon-sharaf» ordeni; II darajali «Shon-sharaf» ordeni. Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, kamida 3 yil oralatib: II darajali va I darajali navbatida amalga oshiriladi. I darajali «Shonsharaf» ordeni 0,25 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi. II darajali «Shon-sharaf» ordeni 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Har ikkala darajali ordenning asosi xiyol bo’rtma shakldagi 8 qirrali yulduz ko’rinishida bo’lib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. «Do’stlik» ordeni — O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu orden bilan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o’rtasida do’stlik, o’zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan kata yutuqlari, O’zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do’stlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uchun mukofotlanadilar. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan tompakdan tayyorlanadi va u bir-biriga joylashtirilgan turli kattalikdagi, markazi bitta bo’lgan 2 ta 8 qirrali yulduz shaklida bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining medallari: «Jasorat» medali — O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu medal bilan O’zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining va ichki ishlar organlarining xodimlari respublikaning milliy xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda, harbiy burchni yoki xizmat burchini ado etish vaqtida ko’rsatgan mardlik va jasoratlari uchun mukofotlanadilar. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar tabiiy ofat, yong’in va boshqalar favqulodda holatlar vaqtida jamoat tartibini saqlashda odamlar hayotini, davlat va jamoat mulkini saqlab qolishda ko’rsatgan jasoratlari uchun mukofotlanishlari mumkin. Medal dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinliqda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo’ladi. «Shuhrat» medali — O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan ta’sis etilgan. Bu medal bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o’zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar mukofotlanadilar. Medal dastlab 0,5 mikron qalinliqda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va qisman turli rangdagi emal berilgan bo’ladi. Medal diametri 34 millimetrli doira shaklida.