O‘zbekiston yil boshidan buyon 6,5 ming tonna guruch import qilgan

2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 13 ta davlatdan qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 6,5 ming tonna guruch import qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p guruch yetkazib bergan davlatlar – Qozog‘iston (4,3 ming tonna), Hindiston (1,1 ming tonna) va Qirg‘iziston (582 tonna) bo‘lgan.

Shuningdek, Pokistondan 186 tonna, Xitoydan 66 tonna va boshqa davlatlardan jami 289 tonna guruch import qilingan. 

Добавить комментарий