O’zFAN
O’zFAN (ruscha Uzbekskiy filial akademii nauk SSSR so’zlaridan), SSSR Fanlar akademiyasining O’zbekiston filiali — 1940-43 yillarda O’zbekistondagi ilmiy tekshirish markazi. 1940 yil 9 yanvarda fan komiteti negizida tashkil etilgan. Tarkibiga dastlab geologiya, tarix, til va adabiyot, suv xo’jaligi muammolari, botanika, kimyo ilmiy tekshirish institutlari, tuproqshunoslik, zoologiya, fizikamat. fanlari sektorlari, Toshkent Astronomiya rasadxonasi va uning huzuridagi kitob kenglik stansiyasi, iqtisodiy tadqiqotlar hamda xaritagrafiya byurolari kirgan. Asosiy vazifasi respublikada fanning turli sohalarini taraqqiy ettirishdan iborat bo’lgan. Tashkil etilgan yili O’zbekistonda 70 ga yaqin ilmiy tashkilot bo’lib, ularga rahbarlik qilish O’zFAN zimmasiga yuklatilgan. 2-jahon urushi yillari O’zFAN ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatini respublika tabiiy boyliklari va resurslarini qidirib topish va ulardan mudofaa maqsadlarida foydalanishga qaratdi hamda respublikada og’ir sanoat va qishloq xo’jaligini rivojlantirish vazifalarini hal etishda yetakchi rol o’ynadi. Natijada O’zbekistonda faning ochilishi uchun etarli darajada ilmiy va ilmiy texnika bazasi vujudga keldi. 1943 yil O’zFAN negizida O’zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etildi.