O’ZGARMAS TOK
O’ZGARMAS TOK— tok kuchi va yo’nalishi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan elektr toki. O’zgarmas tok o’zgarmas elektr yurituvchi kuch ta’sirida o’tkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan bo’lsa, uning hamma qismlaridan o’tayotgan tok kuchi bir xil bo’ladi. O’zgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lents qonunipan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yo’nalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. O’zgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, masalan, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.