O’ZINI O’ZI O’LDIRISH DARAJASIGA YETKAZISH
O’ZINI O’ZI O’LDIRISH DARAJASIGA YETKAZISH — shaxsga qarshi Jinoyat. Bunday jinoyat shaxsga shafqatsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish yo’li bilan sodir etiladi. Shafqatsiz muomala jabrlanuvchi bilan qo’pol va ayovsiz munosabatda bo’lishni anglatib, kaltaklash, issiqlikdan, oziq- ovqatdan, suvdan va hokazolardan mahrum etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda jabrlanuvchiga jismoniy yoxud ruhiy azob yetkaziladi. Shaxsning sha’ni va g’ururini muntazam tahqirlash hollari tuhmat qilish, haqoratlash, ta’qib etish va hokazoarda namoyon bo’ladi. Bu xildagi xattiharakatlar bilan shaxsni o’zini o’zi o’ldirish yoki o’zini o’zi o’ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish qonunda nazarda tutilgan jazoni keltirib chiqaradi (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 103-modda).