O’ZLOQSHOH

O’ZLOQSHOH, Qutbiddin O’zloqshoh (? — 1221) — Muhammad Xorazmshohning kenja o’g’li. Onasi bayot qabilasidan bo’lgan. Turkon xotunining sevimli nabirasi. Uning istagi bilan Muhammad Xorazmshoh O’zloqshohni o’ziga valiahd qilib belgilab, Xorazm, Xuroson va Mozandaronni bergan edi. Biroq mo’g’ullar istilosi davrida Xorazmshoh o’limi oldidan Jaloliddin Manguberdinm taxt vorisi etib tayinlaydi. O’zloqshoh va akasi Oqshoh Jaloliddin bilan Gurganjni mudofaa etish uchun kelishganda O’zloqshoh tarafdori bo’lgan amirlar Jaloliddinni tan olmay unga suiqasd tayyorlaydilar. Jaloliddin 300 navkari bilan shaharni tark etgan, uch kundan so’ng mo’g’ullar yaqinlashib kelayotgani uchun O’zloqshoh va Oqshoh u yerdan qochgan. Mo’g’ullar ularni Xabushon viloyatidagi Ustuvogacha ta’qib etadilar va Vashta qishlog’ida ularga etib oladilar. O’zloqshoh qo’shinini jangovar safga tizadi. Qattiq jangda mo’g’ullar yengilib, chekinadilar. O’zloqshoh va uning safdoshlari g’alabadan mast bo’lib hushyorlikni yo’qotadilar. Mo’g’ullarning boshqa bir qo’shini to’satdan hujum qilib ularni tormor keltiradi. O’zloqshoh va Oqshoxdar jangda halok bo’lishadi.