Ozuqa ratsioni
Ozuqa ratsioni — mollarga ma’lum vaqt (kun, oy, mavsum)da berdiriladigan yem-xashak. Ozuqa ratsioni ozuqa normasi asosida tuziladi; bunda xo’jalikda mavjud yem-xashakning turi, to’yimliligi, chorva mollarining yoshi, sog’lomligi, mahsuldorligi, ishtahasi va boshqa individual xususiyatlari e’tiborga olinadi. Ozuqa ratsioni protein, aminokislota, kaltsiy, fosfor va osh tuziga boy bo’lishi kerak. Ozuqa ratsioni belgilashda o’rtacha ishtahali chorva mollari ko’zda tutiladi. Ularning normal ovqat hazm qilishni ta’minlash uchun ratsionda yem-xashak nisbati to’g’ri belgilanishi lozim. Ozuqa ratsioni tarkibidagi turli ozuqalarning foizda ifodalangan miqdori rasion tuzilmasini ko’rsatadi. Ozuqa ratsioni, odatda, har oyda yangidan tuziladi.