PALEOIQLIMSHUNOSLIK

PALEOIQLIMSHUNOSLIK (Paleo… va iqlimshunoslik) — erning geologik va tarixiy o’tmish iqlimi haqidagi ta’limot. P. vazifasi er ta- rixi davomida sodir bo’lgan iqlim sharoitlarini o’rganish va ularni er shari bo’yicha taqsimlanishini tadqiqot qilishdan iborat. P. paleogeografiya- ning muhim qismi hisoblanadi; u stra- tigrafiya va paleontologiya, geomorfolo- giya va foydali qazilmalar to’g’risidagi fanlar b-n chambarchas bog’langan. Geolo — gik ma’lumotlar iqlimshunoslik, Mete- orologiya, geografiya, geofizika va astro- nomiyaning nazariy qoidalari asosida taxlil qilinadi va umumlashtiriladi. Geologik o’tmish iqlimi xaqidagi xulosa avvalgi geologik davr tabiati va astro- nomik krnuniyatlarga bo’ysunuvchi Quyosh radiasiyasining oqimi ma’lumotlariga asosan tuziladi. Yaqin o’tmish iqlimi haqidagi xulosa esa geografik Land- shaft, o’simliklarning taqsimlanishi, daraxtlarning yillik halqalarining za- monaviy xususiyatlari, saqlanib qolgan tarixiy dalillar va madaniy yodgorli- klar hamda keyingi yuz yillikdagi in- strumental kuzatishlar bo’yicha tuziladi. Qad. iqlimning geologik indika- torlari orasida asosiy 3 guruh: lito- logik, paleobotanik va paleozoologik ko’rsatkichlar alohida o’rin tutadi. Litologik ko’rsatkichlar deyarli hamma joyda tarqalgan; o’tmish davrlarda iqlim sharoitlari qanday bo’lganligi, nurash xususiyati va sur’ati, cho’kindi jinslarning bir-biridan farqi dara- jasi miqyosi orqali aniqlanadi. Pale- obotanik ko’rsatkichlar o’simliklarning qazilma qoldiqlari bo’lib, bu qoldiqlar iqlim ta’sirini, o’sish vaqti va joyini aks ettiradi. Mac, tropik o’rmonlarning hosil bo’lishi iqlimning issiq va nam bo’lganini, savanna va kserofil siyrak o’rmonlarning hosil bo’lishi ikdimning issiq va quruq bo’lganini ko’rsatadi; barg to’kadigan o’rmonlarning hosil bo’lishi mo»tadil iqlim indikatori bo’lib XI- soblanadi. Paleozoologik ko’rsatkichlar organizmlar yashagan davr iqlimini aks ettiradigan qoldiklardan iborat. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar devon davrit paydo bo’lgan; kaynozoy erasida- gi sut emizuvchilar turli iqlimga yaxshi moslanib, keng hududlarda yashagan. Qad. iqlim paleozoy erasidan bosh- labgina umumiy tarzda aniqlangan. T-ra va namlikning ko’p marta o’zgarib turi- shi natijasida yuqori kengliklarda muz- lik davrlari va ular orasidagi davrlar almashinib turgan, quyi kengliklarda esa plyuvial va kserotermik iqlimlar vujudga kelgan. P. Er iqlimining tarixini o’rganish orqali foydali qazilmalarning pay- do bo’lishi, o’tmish geologik davridagi hayvon va o’simliklarning yashash sharo- itini ko’rsatadi va iqlim o’zgarishini oldindan aytish imkonini beradi. Tohir Muxtorov.