Palinologiya
Palinologiya (Yunoncha paline — mayin chang va …logiya) — botanikaning o’simlik changi va sporasini o’rganadigan tarmog’i. «Palinologiya» terminini ingliz Paleo-botaniklari X. Xayd va D. Uilyame (1944) taklif qilgan. Palinomor-fologiya Palinologiyaning asosiy tarmog’i bo’lib, spora va chang donalarining shakli, tuzilishi va rivojlanishini tekshiradi. Palinologiya chang va sporaning qobig’ini, morfologiya va anatomiyasini o’rganadi. Palinologik tekshirishlar tsitologiya, genetika, morfologiya, fizika, kimyo va matematika fanlari yutuqlariga asoslangan holda mikroskop, elektron mikroskop va rentgen nurlaridan foydalanib o’tkaziladi. Yer sharining qobig’ini o’rganishda, undagi qazilma boyliklarni qidirishda, shuningdek, o’simliklar va iqlim tarixini aniqlashda Palinologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi.