Palladio
Palladio (Palladio) (haqiqiy familiyasi Di Petro) Andrea (1508.30.11, Paduya (?) — 1580.19.8, Vichentsa) — italyan me’mori. So’nggi uyg’onish davri namoyandasi. Qadimgi va Renessans an’analari asosida shahar saroylari (Vichentsadagi Kerikati palassosi, 1550), shahar tashqarisidagi villalar (Vichentsa yaqinidagi «Rotonda», 1551-67), ibodatxona (Venetsiyadagi Il-Redentore, 1592 yilda tugallangan), teatrlar (Vichentsadagi Olimpiko teatri, 1580-85) barpo etish uslubini ishlab chiqqan. Order tizimini ijodiy qo’llagan holda binolarni shahar yoki tabiat bilan o’zaro bog’lashga erishgan. Palladio ijodi va uning «me’morlik haqidagi to’rt kitob» traktati (1570) palladiochilik rivojiga imkon yaratdi, 17-18-asrlar Yevropa me’morligi yuksalishiga katta ta’sir ko’rsatdi.