PANAMERIKANIZM
PANAMERIKANIZM (pan – hamma va Amerika) — tarixiy jarayonni go’yo AQSH hamda Amerika qit‘asi boshqa mamlakatlar tarixiy taqdiri, iqtisodiyoti va madaniyati mushtarakligi mavjudligi to’g’risida dalillarga zid hamda buzib talqin etishga qurilgan siyosiy doktrina. Panamerikanizm Shimoliy Amerika imperializmi tomonidan AQSHning Lotin Amerikasi davlatlariga iqtisodiy, siyosiy, qator hollarda esa to’g’ridan-to’g’ri harbiy ekspansiyasini ―asoslash uchun qo’llab kelingan. AQSH imperialistlarining siyosiy doktrinasi bo’lib, u Amerika qit‘asidagi mamlakatlar va xalqlarning soxta tarixiy, iqtisodiy va madaniy ―birligi‖ni tashviqot qiladi. AQSH o’zlarining manfaatlari yo’lida olib borgan siyosatlarini ―Amerika amerikaliklar uchun va boshqa shiorlari bilan niqobladilar. ―Manfaatlar birligi shiorlaridan AQSH Kubaga, Meksikaga, Gaiti va boshqalar Lotin Amerikasi mamlakatlariga intervensiya qilish uchun foydalandi.