Panel (yo’lak, yo’lka)

Panel (yo’lak, yo’lka) – 1) trotuart-piyodalar uchun mo’ljallangan ko’cha qismi; 2) devor pardozidan farqlanuvchi, devorning pastki qismi pardozi; 3) turli vazifadagi bino va inshoot qurilishida qo’llaniladigan, yuk ko’taruvchi, to’siq yoki bir yo’la ikkisini ham bajaruvchi, zavodda tayyorlanadigan tik sathli qurilma; 4) elektr, transport va boshqa qurilma, mashina va hokazolarni boshqarish pulti, qalqon qismi; 5) zavodda tayyorlanadigan yassi element, u turli vazifalarni va yuk ko’taruvchi, to’suvchi yoki qo’shma funksiyalarni bajaruvchi binolar yoki inshootlar qurilishida qo’llaniladi. Masalan: asbest-tsementdan yasalgan tomlik panel, issiqlik o’tkazmaydigan qatlamli panel, devorlik panel, to’sinlik panel va hokazolar.

Добавить комментарий