Panislomizm

Panislomizm-XIX asrning oxirida O’rta Sharqdagi musulmonlar mamlakatlarida vujudga kelgan diniy-siyosiy oqim. Asoschisi Jamol ad-din al-Afg’oniy. Panislomizm tarafdorlari musulmonlar birligi va ularni xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirish zarurligi g’oyasini ilgari surgan. Panislomizm tarafdorlari mustamlakachilarga qarshi faol targ’ibot olib borganlar, maxfiy tashkilotlar tuzganlar, ro’znomalar nashr qilganlar. Ayni vaqda, panislomchilar diniy islohchilik mavqeida turib, islom dinini davr talablariga muvofiq isloh qilishga ham intilganlar.