PAPULIAS KAROLOS

PAPULIAS KAROLOS (1929.6.4, Gretsiyaning Yanina shahri) — Gretsiya davlat arbobi. Yuridik fanlari Doktori. Afina, Milan va Kyoln universitetlarida o’qigan. Milliy ozodlik harakati qatnashchisi (1941-44). 1974 yildan «umumgrek sotsialistik harakati» a’zosi (1975-85 yillarda harakatning xalqaro aloqalar bo’yicha qo’mitasi kotibi), 1981 yildan Gretsiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari, 1985-89 va 1993-96 yillarda tashqi ishlar vaziri, 1989-90 yillarda Gretsiya milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi. 2005 yil 8 Fevraldan Gretsiya Respublikasi prezidenti.