PARADIGMA

PARADIGMA (gr. na‘muna) — ilmiy tafakkur uslubi. Ayni vaqtda tan olingan va muayyan ilmiy tadqiqot (bilim)ni belgilovchi omillar birligi. Pozitivist G.Berman tomonidan kiritilgan va amerikalik fizik T.Kun tomonidan tabiiy fanlar uchun keng asoslangan tushuncha. Ilmda muayyan davrda qabul qilingan e‘tiqodlar, qadriyatlar, texnik vositalar birligini anglatadi va ilmiy an‘analar saqlanishini ta‘minlandi. Paradigma nazariyadan kengroq tushuncha, uning almashinuvi fandagi inqilobni anglatadi. Siyosatni tushuntirishdagi asosiy paradigmalar: 1) Teologik – siyosat va hokimiyatni ilohiy talqini. 2) Tabiiy – a) siyosat tashqi tabiiy muhit ta‘siri orqali ta‘riflanadi — geografik paradigma; b) siyosat jonli tabiat xususiyatlari orqali ta‘riflanadi — biologik paradigma. v) siyosat inson xususiyatlaridan keltirib chiqariladi – psixologik paradigma. 3) Ijtimoiy – siyosat ijtimoiy hayotning boshqa sohalari orqali talqin qilinadi. 4) Oqilona-tanqidiy – siyosat uning omillari, masalan, konflikt — konsensus orqali ta‘riflanadi.