Parvon jangi
Parvon jangi (1221) — ja- loliddin Manguberdining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi olib borgan Jan- glaridan biri. Jaloliddin o’zining tur- li qabilalardan tashkil topgan qo’shini (60-70 ming kishi) b-n mo’g’ullarga qarshi chiqib, Parvon yaqinida jang maydonini egallagan. U bu erda turib dastavval Toxaristondagi Valiyon (yoki Valishton) qal’asini qamal qilayotgan mo’g’ul qo’shinini tormor etgan. Chingiz- xon Jaloliddinga qarshi Shiki-xutu- Xu no’yon boshchiligida qo’shin (30 ming, boshqa manbaga ko’ra, 45 ming kishi) jo’natgan. Parvondan bir farsax (6-7 km) ma- sofadagi erda bo’lgan jangda musulmon- larning o’ng qanotiga Jaloliddinning qaynotasi, qang’lilar qo’shini sardori Amin al-mulk, so’l qanotiga say-fuddin Ag’roq turkman Xalajlardan tashkil top- gan qo’shinga boshchilik qilgan. Jang ikki kun davom etgan, Juvayniyning hikoya qilishicha, Shiki-Xutuxu no’yon ikkinchi kunga o’tar kechasi dushman mo’g’ullarga madad kuchlari etib kelibdi deb o’ylashi uchun o’z qo’shiniga kigiz va choponlar ora- siga poxol solib va bosh kiyim kiygizib qo’riqchi yasashni, ularni qo’shimcha otlar ustiga o’tqazib, tuyalar karvoni va arava- lar orasiga saflashni amr qilgan. Dast- labiga bu ayyorlik ish bergan, ammo, ja- loliddin qo’shiniga dalda be-rib ularni olg’a boshlagan. Mo’g’ullar qattiq jangdan holdan toyganlarida Jaloliddin kar- nay chaldirib qo’shi-niga otlarga minish- ga farmon bergan va umumiy hujumga o’tgan, shu b-n jang taqdiri hal bo’lgan. Shiki-Xutuxu faqat ozgina jangchilari b-n Chingizxon huzuriga qaytib kelgan. P.j. mo’g’ullarning bu urushdagi eng katta mag’lubiyati bo’lgan. Mo’g’ullar bosib olgan ko’pgina shaharlarda xalq qo’zg’olon ko’tarib mo’g’ul noiblarini o’ldirganlar. Ammo, P.j.dagi g’alaba ja- loliddin uchun halokatli oqibatlarga olib kelgan. Jangdan so’ng Jalolid- dinning lashkarboshilari o’lja (ajoy- ib Arab oti) ustida janjallashib qolganlar. Jaloliddin ularni tinchita olmagan. Sayfuddin Ag’roq, A’zam Malik va Muzaffar Malik uni tark etganlar. Jaloliddinning yonida faqat Amin al- mulkgina o’z qang’lilari b-n qolgan, xo- Los. Manba: Shixab ad-din Muxammad an- Nasavi, Jizneopisanie Sultana Djalal ad-Dina Mankburni, Baku 1973. Ad.: Buniyodov Ziyo, Anushtagin Xo- razmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998. Faxriddin Hasanov.