Parvonachi
Parvonachi — hukmdor farmoni va buyruqlarini bituvchi kotib. 1) Xiva xonligida qozi va Inoqdan keyingi oliy darajadagi saroy mansabdori. P. mansa- bi saltanat uchun buyuk xizmatlari Eva- ziga xon tomonidan in’om tar-zida be- rilgan. P. vafotidan so’ng uning o’rniga to’g’ridan-to’g’ri farzandi tay-inlangan, unga zardo’z liboslar, ol-tin pichoq va tulpor ot tuhfa kilingan. 2) Buxoro xon- ligida P. amirning tayanchi hisoblangan oliy lavozimlardan biri, otaliq hamda devonbegidan keyingi 3mansabdor shaxs. P. Amir tomonidan chiqarilgan yorlik- darni arkoni davlat hamda beklarga taqdim etgan, ayni chog’da xonlikda yashov- chi arablar ishi b-n shug’ullanish uchun mas’ul hisoblangan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor P. takdim etgan farmonni 3 kun mobaynida o’z sallasi- ga qistirib yurishi lozim bo’lgan. Amir qabulxonasida P. uchun maxsus o’rindiq bo’lgan. P. ba’zan harbiy harakatlarda ishtirok etib, muayyan qismlarga qo’mondonlik qilgan. 3) Qo’qon xonligi- da saroy mansabi. P.lar viloyatni ham boshqarish huquqiga ega bo’lganlar. Mac, 1844 y. Chust hokimi Rahmatulloh P. edi. Ad.: Semyonov A., Buxarskiy traktat o chinax i zvaniyax i ob obyazannostyax no- siteley IX v srednevekovoy Buxare, so- vetskoe Vostokovedenie, t.5, 1948; Mirza Badi, Divan. Madjma al-arkam («pred- pisaniya fiska»)(primeri dokumenta- tsii v Buxare XVIII v.). Faksimile ruko- Pisi. Vvedenie, perevod, Primechaniya i prilojeniya A.B. Vildanovoy, M., 1981; Beysembiev T.K., «Ta’rixi Shaxruxi» kak istoricheskiy istochnik, Alma ata, 1987. Hamidulla Dadaboev.