Patisson

Patisson (Cucurbita pepo var. patisson), kulcha qovoq — qovoqdoshlar oilasiga, qatgiq etli qovokdar guruhiga mansub biryillik sabzavot o’simligi. P. palagi tik, butasimon sershox o’simlik. Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi va barg bandlari nisbatan yo’g’on. Barglari o’rtacha kattalikda, dag’al, 3 yoki 5 qirrali. Gullari bir uyli, bir jinsli, yirik, rangi sariq, poyalarda yakkayakka joyla- shadi. Mevasi — qovoqcha, mayda, shakli yulduzeimon. Chetlari kun-gurali. Yangi tukkan mevalari rangi och yashil, meva katta bo’lgan sari rangi oqarib, ayrim mevalar yuzasida och yashil dog’lar yoki tas- malar paydo bo’lishi mumkin. Ularning 6-8 kunlik mevasi iste’mol qilinadi. P. is-siqtalab o’simlik. P. apr. Oyida qator va tup oralig’i 70×70 yoki 80×80 sm sxemada ekiladi. Har bir uyaga 4-5 tadan urug’ekilib, Nihol unib chiqqach, chin barg yozganda yagana qilinadi. O’suv davrida qator oralari yum-shatiladi, oziklanti- riladi va sug’oriladi. P. suvga talabchan. Oshqovoq kabi parvarish qilinadi. Meva tarkibida 6,0—6,5% quruq modda, 2,5— 2,9% qand va vitaminlar mavjud. Uru- g’ida moy va santanin bor. Hosildorligi 150-200 ts/ra. Asosan, tuzlangan, kon- servalangan (6-8 kunlik mevasi) holda iste’mol qilinadi, katta bo’lib ketgan- lari molga beriladi. O’zbekistonda 1988 y.dan P.ning oq 13 navi ekiladi. Uning hosildorligi 110-159 ts/ga.