Paustovskiy Konstantin Georgievich

Paustovskiy Konstantin Georgievich [1892.19 (31). 5, Moskva -1968.14.7, Kaluga viloyatining ta- Rusa sh.] — rus yozuvchisi. Dastlab Kiev un-tining tabiiy-tarix f-ti (1911 — 13), keyin Moskva un-tining yuridik f-tida uqigan. «Romantiklar» ilk Roma- ni 1916-23 y.larda yozilgan. 1935 y.da nashr etilgan bu romanda, «tovlangan bulutlar» (1929) romanida bo’lganidek, P. nasriningo’ziga xos xususiyaglari — kishilardagi ez-gulik tuyg’ulariga, mardlik, dustlik, olijanoblkk singari fazilatlarga e’tibor sezilib turadi. «Jazava» (1925), «mustamlaka mollari uchun yorliklar» (1928), «kora dengiz* sikgari dastlabki hikoya va qissalarida olis yurtlar haqidagi orzu-armon tuyg’ulari, bu yurtlarga qilingan sayoxat taassurotlari, uchrashish za vidolashuv mavzulari ustuvorlik qiladi. Romantik ruxdagi «Qorabug’oz» (1932), «Kolxi- da» (1934) va «Shimol qissasi» (1938) qissalari hamda ko’plab hikoyalarida rus tarixiga murojaat etib, kishilar- dagi yuksak insoniy xislatlarni tas- virlashga alo-hida e’tibor bergan. P. 30-y.larning 2yarmidan boshlab san’- atkorlar hayoti va ijodiy mehna-tiga bag’ishlangan asarlar («Orest Kipren- skiy», «Isaak Levitan», 1937; «Taras Shevchenko», 1939; «o’rmonlar qissasi», 1949; «ol-tin gul», 1956) yozishga kirish- Di. Yozuvchi urushdan keyingi davrda o’z hayoti voqea va hodisalari b-n to’yingan «Hayot haqida qissa» epopeyasini yaratdi (1-qism — «yiroq yillar», 1945; 2-qism —»Sertashvish yoshlik», 1955; 3-qism — «Notanish asrning muqaddimasi», 1957; 4-qism — «katta umidlar davri», 1959; 5-qism — «janubga intilish», 1960; 6-qism — «darbadarlik kitobi», 1963). P. bu so’ngti asarida 20-a.ning dolg’ali yillaridagi Rossiya hayotini badiiy mu- jassamlantirib bergan. P.ning nozik tuyg’u va kechinmalar b-n yo’g’rilgan asar- lari o’zbek adabiyotida lirik nasrning shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan. «Yiroq yo’llar» va «Oltin gul» qissalari hamda bir qancha hikoyalari o’zbek tiliga tarji- ma qilingan. As: eski Shinelli chol [hikoyalar], T., 1963; Sobranie sochineniy, t. —1—8, M., 1967-70. Ad.: Kremensov A. I., K. G. Paustov- skiy. Jizn i tvorchestvo, M» 1982.