PAVSANIY

PAVSANIY (? — miloddan avvalgi taxminan 470) -Sparta sarkardasi. Yunon-fors urushlari davridagi Plateya yaqinidagi jangda g’alaba qozongan (479). Ikki marta forslar bilan xiyonatkorona yashirin muzokara olib borishda shubha ostiga olingan, taxminan 470 yil ilotlar qo’zg’olonini tayyorlashda ayblangan, ibodatxonaga yashiringan va o’sha yerda ochlikdan o’lgan.