PAXTAARNA KANALI
PAXTAARNA KANALI — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi kad. tuprok, o’zanli kanal. Uz. 27,6 km, tubi- ning kengligi 20-28 m, chuq. 3,3—4,3 m, kanal bo’yi dambasining kengligi 2-10 m. Suv o’tka-zish qobiliyati 80 m3/s Amudaryodan suv oladi. Hoz. Suv olish inshooti 1957 y.da barpo etil- gan shandorli to’siqlar b-n ta’min- langan 5 ko’zli (har birining eni 3 m) temir-beton to’rtburchak quvurlardan iborat. Tuyamo’yin gidrouzeli darvo-za- sidan 30 km (daryoning chap sohilidagi Toshsoqa kanalining bosh inshootidan 1 km) quyida, qirg’oqdan 4,5 km uzoqlikda joylashgan. Daryodan suv kanalga uzatish o’zani orqali etkazib berilaai. Kanal- dan suv 5 ta suv chikargich (Buzyob, Amiro- bod, Bog’yoob va b.) va 30 ga yaqin nasoslar yordamida taqsimlash kanallari va ari- klarga uzatiladi. Amudaryoning Tuyamo’yin gidrouze- lidan Qoratovgacha bo’lgan o’ng sohili — To’rtko’l tumanida 37,1 ming ga, beru- niy tumanida 7,01 ming ga ekinzorlar P.k.dan sugoriladi.