«Paxtakor»

«Paxtakor» — Toshkentdagi Mar- kaziy stadion. O’zbekistondagi yirik sport majmualaridan. 1953-57 y.lar barpo etilgan (me’morlari M.Bulatov, L.Karash). P. tarhi oval shaklda (umu- miy mayd. 19,5 ga), 55000 tomo-shabin- ga mo’ljallangan. O’rindiqlar qatori 48 ta tribuna sektoridan ibo-rat, har bir sektori 26 yarusni tashkil qiladi, unda 2060 dan 2260 gacha o’rindiq bor. O’rindiklarning umumiy uz. 25 km dan oshadi. P.ga 4 tomon (Navoiy, Abay, O’zbekiston ko’chalari)dan kirish mum- kin. Stadionni loyihalashda xalqaro musobaqalar o’tkazilishi hisobga olin- gan. Sport arenasidagi futbol may- doni tarhi 105×70 m, maydonga maxsus o’simlik ekilgan. Yugurish yo’lkasi uz. 400 m. Radioeshittirish va yoritish as- boblari b-n jihozlangan xona g’arbiy tribunala joylashgan. Hakam o’rindigi va kamera tribuna tarkibida. P.ning Jan.da 3-4 qavat balandlikda sport paviloni bo’lib. unda gimnastika zali, mehmonxona, bufet, dush, massaj va b. xonalar bor. Pavilon hovli orqali Arena b-n bog’langan. 1995 y.da fut- bol maydoni Germaniya standartlari bo’yicha ta’mirla-nib, ostiga isitkichlar o’rnatildi, o’rindiklar yangilandi. P. yaqinida metroning «Alisher Navoiy», «Paxtakor» styalari joylashgan.