Pedomorfoz

Pedomorfoz (Yunoncha paidos — bola va morphe — shakl) — organizmlarning voyaga yetgan davrining butunlay yo’qolishi va ontogenezniit qisqarishi orqali evolyutsion o’zgarish usuli. «Pedomorfoz” terminini ingliz biologi U. Garstan taklif etgan (1922). Pedomorfoz lichinkasi Neoteniya yoki pedogenez asosida rivojlanish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlar turi uchun xos. Dumli suvda va quruqlikda yashovchilarning ayrim guruxlari (Proteylar, sirenlar), appendikulyariyalar, ayrim hasharotlar (grilloblattidlar), o’rgimchaksimonlar (bir qancha tuproq kanalari) va boshqalar hayoti Pedomorfozga misol bo’la oladi.