Pelagial
Pelagial (Yun. pelagos — dengiz) — dengiz, okean va ko’llarda suvning ti- rik organizmlar yashaydigan qatlami (suv tubidan boshlab suv yuzasigacha); bental (suv tubi) tushunchasining aksi. P.da yashovchi organizmlar plankton, nekton (faol suzadigan organizmlar), neyston (suv yuzasida yashaydigan organizmlar) guruhlarga bo’linadi. Dengiz va okean- larda P. qatlamni ham yashash sharoiti va organizm tarkibi bo’yicha bir necha zonaga bo’lish mumkin. Tari-xiy ri- vojlanish davomida P. Organizmlarda yashash sharoitiga nisbatan turlicha mos- lanishlar paydo bo’lgan. Mac, suvo’tlar va sifonoforalarning gaz to’ldirilgan pufaklari, meduzalarning suvga boy liqildoq gavdasi, ko’pchilik mikrosko- pik organizmlarning gavda yuzasini ken- gaytirishga imkon beradigan o’simtalari neyston, baliklar va boshoyokli mollyu- skalarning suzgichlari va gavdasining suyri shakli nekton organizmlar uchun xos. P. o’simliklar (fitoplankton) oke- anda organik moddaning asosiy qismini hosil qiladi. Halok bo’ladigan diatom suvo’tlar, bir hujayrali qayvonlar (nur- lilar, foraminiferalar va b.) dengiz tubida cho’kma jinslar hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega.