PENSIYA JAMG’ARMASI
PENSIYA JAMG’ARMASI — aholini davlat tomonidan kafolatlan- gan ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda to’lashni mablag’b-n ta’minlashni amalga oshi-ra- digan jamg’arma. Dastlab O’zbekistonda P.j. 1991 y. 14 yanv.da sobiq SSSR Pen- siya jamg’armasining O’zbekiston Respu — blikasi bo’linmasi maqomida tu-zilgan. 1993 y. 4 avg.da O’zbekiston Respublika- si Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ij- timoiy sug’urta jamg’arma-siga aylanti- rilgan. O’zR Vazirlar mah-kamasining 1996 y. 27 dek.da «O’zbekiston Respu- blikasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida pensiya jamg’armasini tashkil etish to’g’risi-da»gi qarori b-n ijti- moiy ta’minot vazirligi huzurida tash- kil etildi. 2001 y. 1 yanv.dan byudjetdan tashqari P.j. ga aylantirildi. P.j.ning asosiy vazifalari: fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug’urtaga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini to’liq amalga oshirish; davlat ijtimo- iy sug’urtasiga badal va ajratmalar- ni yig’ish va jamlash; «fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida» qonunga muvofiq pensiyalarning o’z vaqtida to’lanishiga, shuningdek, ijti- moiy sug’urta bo’yicha nafaqalar to’lash xarajatlarini mablag’b-n ta’minlash va b. P.j. mablag’laridan ijtimoiy ta’mi- not organlari tomonidan tayinlanadi- gan pensiyalar; bolalikdan nogironlar- ga, davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar; vaqtincha mehnatga layoqat-sizlik nafaqalari, shu jumladan, homiladorlik va tug’ish nafaqasi; bola tug’ilganda beriladigan nafaqalar; dafn marosimi nafaqalari; qonun hujjatlariga muvofiq, P.j.dan mablag’b-n ta’minlanadigan boshqa to’lovlarberiladi. P.j. mablag’lari mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxo-nalar, muassasalar va tashki- lotlarning sug’urta badallari (37,3%), fuqarolarning ish haqidan majburiy sug’urta badallari (2,5%), shuningdek, yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati b-n shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar hamda dehqon xo’jaliklari a’- zolardan qonunda belgilangan miqdorda; mulkchilik shakllaridan qati nazar kor- xonalar, muassasalar va tashkilotlar- ning sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar- ning amaldagi 0,7 % miqdorida majburiy ajratmalari summalaridan va b. Qonunda belgilangan ajratmalardan shakllana- Di. O’zbekiston Respublikasi P.j.ning jami daromadlari 480748349,38 ming so’mni, jami xarajatlar 477988271,96 ming so’mni, davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi qonunga asosan, pensiya va nafaqa oluvchilar soni 2905976 kishini tashkil etadi (2003; 1 yanv.). Respublika P.j.ning Qoraqalpog’iston Respublika- si, viloyatlar bo’limlari va 213 ta tuman va shahar sho»balari bor (2003). Norsoat Allaev.