Peptid bog’lar
Peptid bog’lar — amid bog’larning bir turi. Bir aminokislo- taning SX-aminoguruhi (NH2) ikkinchi aminokislotaning a -karboksil guruhi b-n reaktsiyaga kirishi natijasida hosil bo’ladi. Bu reaktsiyada bir molekula suv ajraladi. Oqsillar va peptidlar tarki- bidagi — so—NH— guruhi keto-enol tautomeriya (ayrim kimyoviy birikmalar- ning bir-biriga erkin holda aylanish xususiyatiga ega bulgan strukturaviy izo- merlar ko’rinishida bo’lishi) hola-tida bo’ladi. Tautomeriya tufayli P. b.ning 40% dan ko’proq qismi qo’shbog’li. Bu esa peptid zanjirning uzunligini yakka bog’holatdagiga nisbatan birmuncha qisqartirishga olib keladi. Tirik or- ganizmlarda P. b.ning hosil bo’lishi fermentativ re-aktsiyalar yordamida amalga oshiriladi. Lab. sharoitida P. b.ni kimyoviy va fermentativ reaktsiya- lar yordamida sintez qilish va parchalash usullari ishlab chikilgan. Bu usullar tabiiy peptidlarni sintez qilishga va peptid hamda oqsillarning aminokis- lotali tarkibi-ni, ularning ketma-ket joylanish tar-tibini aniklashga imkon beradi. Peptidlar peptid bog’orqali birikkan bir xil yoki har xil amino- kislotalardan tashkil topgan organik birikmalardir. Tarkibidagi aminokis- lota soniga binoan, Di-, tri-, tetra Pep- tidlar va polipeptidlar bo’ladi.