Peredvijniklar
Peredvijniklar (rus), sayyor ko’rgazmachi rassomlar — Ros-siyada 19-a. 70-y.larida yuzaga kelgan ko’chma badiiy ko’rgazmalar birodarligi, badiiy uyush- ma (1870-1923) a’zolari P. deb atal- gan; bu ibora 20-a.ning 50-60-y.larida uzbek matbuot va ada-biyotlarida ishla- tilgan; hoz. kunda «sayyor rassomlar» iborasi ishlatiladi. Tashabbuskorlari G. G. Myasoedov, I. N. Kramskoy, N.N.Ge, V. Perov vab. Jamiyatdagi ilg’or ijti- moiy va estetik qarashlar ta’sirida bo’lgan P. mamlakatdagi yaxshi an’analar- ni rivojlantirdi, ko’rgazmalar tashkil etdi, ma’rifatparvarlik ishlarini keng yo’lga qo’ydi. Birinchi ko’rgazma 1871 y. 29 okt. da Peterburgda ochilgan, so’ngra bu ko’rgazma mamlakatning boshqa o’ndan ortiq shaharlarida namoyish etilgan. P. ijodiy metodi tanqidiy realizm- ga asoslangan. Xalq hayoti va tarixi, o’lka va uning tabiati demokratik nuk- Tai nazardan tasvirlandi, meh-natkash xalq ulug’landi, rus xalqining ozodlik harakati qizg’in ma’qullandi. P. ijo- dida maishiy janr, portret etakchi o’rin tutdi, tarixiy janr rivojlandi. Uning saflarida I. Repin, V. Surikov, V. Vas- Nesov, V. Perov, K. Saviskiy, I. Levi- tan, V. Serov va b. bo’lgan. P. an’anala- ri 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida uzbek tasviriy san’atiga kirib keldi. I. Ka- zakov, L. Bure, N. Rozanov va ularning shogirdlari B. Hamdamiy, A. Abdullaev, L. Abdullaev va b. rassomlar ijodida shu ta’sirni ko’rish mumkin.